Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Turkiyaga qarshi Millatlar ligasi guruh bosqichi bahsida jarohat oldi. «Real» futbolchisi milliy jamoa ixtiyorini tark etib, Madrid klubiga qaytadi.
The Touchline xabariga ko‘ra, Mbappening yo‘qligida sardorlik bog‘ichi Usmon Dembelega topshiriladi. U Fransiyaning Belgiyaga qarshi navbatdagi bahsida jamoani maydonga boshlab chiqadi.
Belgiya va Fransiya o‘rtasidagi bahs 28-sentabr, dushanba kuni o‘tkaziladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi debyut bahsida Turkiyani 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.