Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Uelsga qarshi bahsda Krishtianu Ronalduni nega almashtirganini tushuntirdi.
Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi uy uchrashuvida Portugaliya 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 41 yoshli hujumchi esa 67-daqiqada almashtirildi, uning 59-daqiqada urgan goli ofsayd sababli bekor qilindi.
— Krishtianu Ronalduni almashtirish oldindan rejalashtirilganmidi yoki o‘yin taqozosi bilan amalga oshirildimi?
— Vaziyat taqozo etdi. Yakuniga 25 daqiqa qolgan edi va o‘yinni kuchaytirish uchun menga hech bo‘lmaganda bitta yangi, tetik futbolchi kerak edi. Balki hujumda Krishtianudek sifatlarga ega, to‘pni ushlab tura oladigan futbolchi yo‘qolgandir, ammo men Gonsalu Ramush birinchi himoya chizig‘imizda tezlikni ta’minlay olishini bilardim. Bu juda muhim edi.
Almashtirishga qaror qilishimning yana bir sababi — unda imkoniyatlar unchalik ko‘p bo‘lmadi. Ammo har qanday holatda ham jamoadan mamnunman, — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Record.
Jezush Ronalduni zaxiraga olgani haqida: «Vaziyat taqozosi bilan tetik futbolchi kerak edi»
Futbol
24 sentabr, 22:44
1
Portugaliya bosh murabbiyi Uels bilan bahsda 41 yoshli hujumchini almashtirgani sababini izohladi.
Foto: Getty Images
24.09.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Portugaliya
1
:
0
Uels
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi