Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasining Millatlar ligasidagi bo‘lajak o‘yinlaridan kutayotgan natijalari haqida fikr bildirdi.
— Kutilmalar har doim bir xil — g‘alaba. Yangi murabbiy bilan kayfiyat ham boshqacha. Fursatdan foydalanib, Portugaliyaga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilgan Martinesga minnatdorlik bildirmoqchiman. Ammo hozir Jorje Jezushning vaqti va ishonamanki, barchasi yaxshi bo‘ladi. Hammasi yaxshi boshlanishiga ishonchimiz komil.
— Hujumkor futbol bo‘ladimi?
— Asosiysi — g‘alaba qozonish. Men Jorje Jezush bilan avval ham ishlaganman va uning futboli yanada hujumkor bo‘lishini bilaman. Ammo eng muhimi — g‘alaba.
— Bu siz uchun so‘nggi yilmi?
— Unchalik uzoqni o‘ylamayman. Hozirgi lahza haqida o‘ylayapman. Shu yerdaman, federatsiya menga ishonch bildirmoqda...
Bu so‘nggi yil bo‘ladimi? Balki. Tanam holati qanday bo‘lishini ko‘ramiz. Rostdan ham bilmayman, buni chin dildan aytyapman.
— Hozir go‘yo birinchi yilidagidek hissiyotlar bormi?
— Ha, hali ham bu yerda o‘ynashga munosib ekanimni isbotlashda davom etyapman. Har kuni buning isbotini ko‘rsatyapman. Klubda ham, milliy jamoada ham hanuz gol ura olishimni namoyish etyapman, — dedi 41 yoshli hujumchi SportTV efirida.
Ma’lumot o‘rnida, Portugaliya Millatlar ligasi yangi mavsumidagi ilk o‘yinini 24 sentyabr kuni Uelsga qarshi o‘tkazadi.
Ronaldu: «Portugaliya safida o‘ynashga munosib ekanimni isbotlashda davom etyapman»
Futbol
23 sentabr, 17:43
41 yoshli hujumchi Millatlar ligasidagi bo‘lajak o‘yinlar oldidan savollarga javob berdi.
Foto: Getty Images
24.09.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Portugaliya
1
:
0
Uels