Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 1000-golini qaysi jamoa safida urishni istashini aytdi. Portugaliyalik futbolchi tanlovida milliy terma jamoani afzal ko‘rdi.
41 yoshli hujumchi hozirgacha klub va milliy jamoa miqyosida 979 ta gol urgan. Unga yubiley — 1000-golini «An Nasr» klubi yoki Portugaliya milliy jamoasi safida urish imkoniyati berilganda qaysi variantni tanlashi haqida savol berildi.
«Javobni bilasiz. Milliy jamoa safida. Bu chiroyli tarixning kulminatsiyasiga aylangan bo‘lardi. Murabbiy aytganidek, tort ustidagi gilos kabi bo‘lardi», — dedi Ronaldu.
Hujumchi shu tariqa faoliyatidagi eng muhim marralardan biri uchun Portugaliya safida gol urishni istashini ochiq bildirdi. Ronaldu 1000 ta gol chegarasiga yetish uchun yana 21 ta aniq zarbaga muhtoj.
Portugaliya milliy jamoasi navbatdagi bahsini Uelsga qarshi o‘tkazadi. Jamoalar Millatlar ligasi 1-turida to‘qnash keladi. Portugaliyaliklar uchun ushbu bahs Ronalduga tarixiy marraga yaqinlashish imkoniyatini ham beradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi