Teleboshlovchi va «Arsenal» muxlisi Pirs Morgan «Manchester Siti»ga nisbatan qanday jazo qo‘llanishi kerakligi haqida fikr bildirdi.
«Keling, vaziyatga oydinlik kiritaylik: «Manchester Siti» ingliz futboli tarixidagi eng katta firibgarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi va jazo sodir etilgan qoidabuzarliklarga mos bo‘lishi kerak.
Hech bo‘lmaganda klub Premyer-ligadan chiqarilishi va firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan barcha sovrinlardan mahrum qilinishi kerak», — deb yozdi Morgan X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq Angliya OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» Premer-liganing moliyaviy qoidalarini buzish bo‘yicha 115 ta banddan 114 tasi yuzasidan aybdor deb topilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Da’volar moliyaviy ma’lumotlarni noto‘g‘ri taqdim etish, futbolchilar va murabbiylarga to‘lovlar hamda moliyaviy nazorat talablariga rioya qilish kabi masalalarni qamrab olgan.