Live
1
O'zbek

Ferdinand: «Shkafimga yana bitta APL oltini qo‘shiladi. Joze uchun ham, Solsher uchun ham»

Futbol
26 sentabr, 00:04
    55
«MYU» sobiq himoyachisi «Siti»ning moliyaviy qoidabuzarliklari tasdiqlanganiga munosabat bildirdi.
Ferdinand: «Shkafimga yana bitta APL oltini qo‘shiladi. Joze uchun ham, Solsher uchun ham»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidabuzarliklari bo‘yicha ish yuzasidan chiqarilgan dastlabki qarorga munosabat bildirdi.

25 sentyabr kuni «shaharliklar» APLning moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilgani ma’lum qilindi — 115 ta ayblovdan faqat bittasi mustasno.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil fevral oyida APL «Manchester Siti»ni 2009-yildan 2018-yilgacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblagandi. Keyinchalik The Times gazetasi gap 115 ta emas, balki 130 ta qoidabuzarlik haqida ketayotganini xabar qildi. Sababi, Premyer-liga ayblovlarni e’lon qilgan paytda ayrim qoidalar bo‘yicha tushunmovchilik yuzaga kelgandi.

«Premer-liganing yana bir medali shkafga qo‘shiladi 👀», — deb yozdi Ferdinand.

«Va Joze Mourino uchun ham yana bitta. Ole-Gunnar Solsher uchun ham», — deb qo‘shimcha qildi «qizil iblislar»ning sobiq futbolchisi.

«Jiddiy aytyapman. Rayan Giggs Premyer-liganing 14 ta chempionlik unvoniga ega bo‘lishi kera. Qani, APL», — deb keyinroq yozdi Ferdinand 13 ta chempionlik unvoniga ega bo‘lgan uelslik futbolchi haqida.

Shuningdek, u Premyer-liganing 7 ta oltin medali tasvirlangan suratni ham e’lon qildi. Rio 6 marta Angliya chempioni bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

55 izoh +13 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar