Bugun
42
O'zbek

APLning 3 klubi Liorenteni kuzatmoqda

Futbol
25 sentabr, 15:59
Markosning «matraschilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.
APLning 3 klubi Liorenteni kuzatmoqda
Фото: Getty Images

«Liverpul», «Chelsi» va «Manchester Siti» klublari «Atletiko» himoyachisi Markos Liorentega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliyaning uchta grand klubi ispaniyalik 31 yoshli futbolchining vaziyatini kuzatib bormoqda. Liorentening «matraschilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.

Shu bilan birga, Madrid klubi Markosni jamoada olib qolishni rejalashtirmoqda. «Atletiko» rahbariyati Liorente bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Qayd etish joizki, Liorente Chempionlar ligasida «Liverpul» darvozasiga beshta gol urgan. Qizig‘i, futbolchining barcha beshta goli ham «Enfild» stadionidagi uchrashuvlarda qayd etilgan.

Bu mavsumda u klub safida barcha turnirlarda sakkizta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar