«Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Gokeresh qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Transfer News Live nashri xabar berdi.
Shvetsiyalik 28 yoshli futbolchining jamoadagi hozirgi o‘rni «Galatasaroy» klubining qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. «To‘pchilar» bosh murabbiyi Mikel Arteta bu mavsumda Viktorga katta ishonch bildirmayapti.
«Galatasaroy» yanvar oyida Gokereshni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Istanbul klubi futbolchining «Arsenal»dagi vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Agar 2027 yilning boshiga qadar Gokereshning jamoadagi holati o‘zgarmasa, «Galatasaroy» uni transfer qilish bo‘yicha jiddiy harakatlarni boshlashi mumkin.
Gokersh ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida beshta bahsda maydonga tushdi, biroq hozircha samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.