«Arsenal», «Brayton» va «Aston Villa» klublari «Shturm» yarim himoyachisi Luka Vaynhandlni o‘z safiga qo‘shib olish uchun faol harakat qilmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Angliya klublari skautlari 17 yoshli futbolchi ishtirokidagi bahslarni kuzatib borishgan. Luka haqida ma’lumot to‘plashgan. Ammo hech bir jamoa aniq taklif bilan Avstriya klubiga murojaat qilmagan.
Qayd etilishicha, ingliz klublari Vaynhandl transferi uchun taxminan 20 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi. «Shturm» yosh futbolchisini bunday qiymat evaziga qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lishi mumkin.
Luka bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 5 million yevroni tashkil etmoqda.