Live
2
O'zbek

Ne’matov: «JCHda ko‘p to‘p o‘tkazganimiz? Faqat darvozabonlar emas, butun jamoa yutqazdi»

Futbol
22 sentabr, 12:20
    78
O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘inida bo‘lib turgan darvozabon tanqidlarga munosabati haqida gapirib o‘tdi.
Ne’matov: «JCHda ko‘p to‘p o‘tkazganimiz? Faqat darvozabonlar emas, butun jamoa yutqazdi»
Foto: Gettyimages

O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘inida bo‘lib turgan «Nasaf» darvozaboni Abduvohid Ne’matov tanqidlarga munosabati haqida gapirib o‘tdi.

Jahon chempionatidan keyin darvozabonlarimiz manziliga tanqidlar «yomg‘iri yog‘ildi». Kiperlarimizning bo‘yi pastroqligi va boshqa faktorlar haqida gapirildi. Shu tanqidlarga qanday javob bergan bo‘lardingiz?
«Yo‘q, biz o‘zi Jahon chempionatida… Umumiy olib qarasangiz, xuddi men… Oddiy misol Portugaliya bilan o‘yinni olib qaraylik. Xuddi jamoa 4 ta gol urdi, men esa 5 ta to‘p o‘tkazib yuborib, biz yutqazib qo‘ydik. Savolingizni hozir mana shunday tushunyapman. Butun jamoa yutqazdi, xudo xohlasa hammasi yaxshi bo‘ladi. Tanqidlarga keladigan bo‘lsak, ular doim bo‘lgan. Mendan avvalgilarga ham bo‘lgan, mendan keyingilarga ham bo‘ladi. Menga ham bo‘ladi. kerak bo‘lsa sizga ham bo‘ladi», - dedi golkiper.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

78 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar