«Liverpul» klubi «Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamaraning agenti bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar senegallik 22 yoshli futbolchini qishki transferlar oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» yozgi transferlar oynasida o‘z safiga yangi yarim himoyachi qo‘shib olishni rejalashtirgan, ammo bu reja amalga oshmagan. Shu bois Kamara qishki transferlar oynasida mersisaydliklar tarkibini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlardan biriga aylangan.
Kamara bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi. Futbolchining «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yoziga qadar amal qiladi.
Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.