Live
2
O'zbek

«Liverpul» «Kristal Pelas» vingeriga qiziqish bildirmoqda

Futbol
18 noyabr, 01:40
Ismoil Sarr boshqa variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor.
«Liverpul» «Kristal Pelas» vingeriga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images
22.11.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Liverpul» «Kristal Pelas» vingeri Ismoil Sarrni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, senegallik futbolchi London klubi bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani sababli jamoani tark etish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. «Kristal Pelas» esa 28 yoshli futbolchini o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi. Biroq yozdan buyon futbolchi bilan olib borilayotgan muzokaralarda deyarli siljish kuzatilmagan.

Sarr ushbu mavsumda barcha musobaqalarda beshta bahsda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Vingerning «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar