Live
3
O'zbek

Rasman: Blessin – «Borussiya M» bosh murabbiyi

Futbol
22 sentabr, 12:10
Klub 53 yoshli mutaxassis bilan 2028 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Rasman: Blessin – «Borussiya M» bosh murabbiyi
Фото: Getty Images

Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi bosh murabbiy sifatida Aleksandr Blessinni rasman tanishtirdi.

Avvalroq jamoa Germaniya chempionatining dastlabki to‘rtta uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi. Natijada Oygen Polanski bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgandi. Endilikda Blessin bosh murabbiy sifatida ishlaydi.

Klub 53 yoshli mutaxassis bilan 2028 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Blessin avval «Sankt-Pauli»ni boshqargan va uning qo‘l ostida jamoa Germaniya elita divizionini tark etgan.

Shuningdek, mutaxassis Belgiyaning «Yunion Sent-Jillua»z va «Ostende», Italiyaning «Jenoa» hamda Germaniyaning «Leypsig» klublarida ishlagan.

Ma’lumot uchun, «Borussiya M» Bundesliganing dastlabki to‘rt turidan so‘ng turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Borussiya M Borussiya M
Bugungi yangiliklar