Proliganing 20-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakuniga yetdi. Unda «G‘azalkent» klubi mehmonda TerDU bilan bellashdi. Unda poytaxtliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
«G‘azalkent» safida Rustam Aliyev, Abdulloh Holmamotov, Vladislav Nabatov va termizliklardan Jahongir Fozilov avtogolga mualliflik qildi. TerDUning yagona goli Saidmurod Karimov hisobiga yozildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Zayniddin Tojiyev jamoasi ochkolari sonini 32 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. TerDU esa 4 ochko to‘plab, turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Proliga. 20-tur
TerDU – G‘azalkent 1:4
Gollar: Rustam Aliyev, 26 (0:1), Jahongir Fozilov, 40 avtogol (0:2), Abdulloh Holmamotov, 49 (0:3), Saidmurod Karimov, 54 (1:3), Vladislav Nabatov, 73 (1:4)
G‘azalkent: Kenjayev, Ibodullayev, Prisyanyuk, Sadirjonov, Aliyev, Mamasov, Abdullayev, Belyavskiy, Jamoliddinov, Mirzayev, Holmamotov.