Live
2
O'zbek

Transfermarkt A Seriyaning eng qimmat futbolchilari reytingini e’lon qildi

Futbol
22 sentabr, 11:23
Ro‘yxatni hamon «Inter» hujumchisi Martines boshqarmoqda.
Transfermarkt A Seriyaning eng qimmat futbolchilari reytingini e’lon qildi
Фото: Getty Images

Transfermarkt Italiya A Seriyasi futbolchilarining bozor qiymatini yangiladi.

Reytingda «Inter» hujumchisi Lautaro Martines 85 million yevrolik baho bilan yetakchilikni saqlab qoldi.

Ikkinchi o‘rinda «Como» yarim himoyachisi Niko Paz — 80 million yevro, uchinchi pog‘onada esa «Yuventus» vakili Kenan Yildiz — 75 million yevro bilan joylashdi.

Yangilangan top-10 quyidagicha:

1.Lautaro Martines («Inter») — 85 mln yevro
2. Niko Paz («Como») — 80 mln yevro
3. Kenan Yildiz («Yuventus») — 75 mln yevro
4. Alessandro Bastoni («Inter») — 65 mln yevro
5. Rasmus Hoylund («Napoli») — 60 mln yevro
6. Manu Kone («Roma») — 60 mln yevro
7. Martin Baturina («Como») — 55 mln yevro
8. Donyell Malen («Roma») — 55 mln yevro
9. Franchesko Pio Esposito («Inter») — 50 mln yevro
10. Nik Voltemade («Yuventus») — 50 mln yevro.

Ma’lumot uchun, Martines anchadan beri eng qimmat futbolchilar reytingida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar