Live
14
O'zbek

Andrey Shipilov: «Faqat ikkinchi goldan keyin uyg‘ondik»

Eksklyuziv
16 sentabr, 15:06
«Qo‘qon-1912» ustozi «G‘azalkent»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Andrey Shipilov: «Faqat ikkinchi goldan keyin uyg‘ondik»
Фото: Андижон ПФК
16.09.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi Gazalkent Gazalkent 2 : 1 Qo'qon-1912 Qo'qon-1912

O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalida Pro liga vakili «G‘azalkent» «Qo‘qon-1912»ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda Pro liga klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Qo‘qonliklar musobaqa bilan xayrlashdi. Uchrashuv yakunlanganidan keyin «Qo‘qon-1912» ustozi Andrey Shipilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Buning barchasi mening zimmamda. Yigitlarga yaxshi yetkaza olmadim. Ogohlantirdim, aytdim, tushuntirdim. Lekin ular meni eshitishmadi. Biz faqat ikkinchi goldan keyin uyg‘ondik.

— Bugun, ayniqsa birinchi bo‘limda, raqib bizga qarshi juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Bizga ma’lumki, ular so‘nggi uchrashuvlarda juda yaxshi formada edilar. Deyarli barcha o‘yinlarda gol urishdi yoki golli uzatmalarni amalga oshirishdi. Bugun ham, ayniqsa birinchi bo‘limda, raqib juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Sizningcha, o‘yinning chiqmaganiga aynan shu omil sabab bo‘ldimi?

— Yo‘q, hech qanday holatda men futbolchilarning ism-familiyalarini aytmoqchi emasman. Men yigitlardan ikkinchi zonada juda zich o‘ynashlarini so‘ragan edim. Chunki raqib bu zonani juda tez bosib o‘tardi. Kubokdagi raqibimiz kim bo‘lishini bilganimizdan keyin men ularning beshta uchrashuvini juda diqqat bilan ko‘rib chiqdim va shunga qarab tayyorgarlik ko‘rdik. Bir vaqtning o‘zida chempionatda ham o‘yinlarimiz bor edi, shu bilan birga kubok bahsiga ham tayyorgarlik olib bordik.
Biz raqibning kuchli va zaif tomonlarini juda sinchiklab o‘rgandik. Kecha ham, bugun ham, umuman, «Andijon» bilan o‘yindan keyingi shu kunlar davomida yigitlarga ularga qarshi juda zich o‘ynash kerakligini aytdim. Raqibga bosh ko‘tarishga imkon bermaslik, unga erkinlik bermaslik lozim edi.
Biz ikkinchi zonada, ayniqsa tayanch yarim himoyachilar bilan juda zich o‘ynay olmadik. Birinchi golni esa oddiy qilib aytganda, «uxlab qoldik». Men ularni uyg‘ota olmadim. Balki motivatsion so‘zlarni boshqacha topishim kerak bo‘lgandir. Lekin bu — mening xatoim. Men ularni uyg‘ota olmadim.

Yana bir bor aytaman: ikkinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan keyin uyg‘ondik va umuman olganda, bu uchrashuvni qutqarishimiz ham mumkin edi. Hakamlik haqida hech narsa demoqchi emasman. Chunki mag‘lub bo‘lganingda kimnidir ayblash juda oson. Lekin men uchun tushunarsiz bo‘lgan bir qator vaziyatlar bo‘ldi.
Men futbolchilarga ularga qarshi yaxshi, atletik futbol o‘ynash kerakligini aytgandim. Ular esa buni ko‘rsatishlari kerak edi. Tanaffusdan keyin ham kiyinish xonasida yigitlardan shu komponentda, hech bo‘lmasa, bir oz bo‘lsa-da qo‘shimcha qilishlarini talab qildim.

Ularning ko‘zlarida olov yo‘q edi. Shu sababli biz raqibga shunchaki imkoniyat berib qo‘ydik. Ular esa bu imkoniyatdan juda yaxshi foydalanishdi. Shu bilan hammasi tugadi. Biz uydagi o‘yinlardan biridan keyin uch nafar futbolchimizdan ayrildik. Ularning barchasi qanotlarda o‘ynaydigan futbolchilar edi.
Ulardan birini, Xudoga shukr, operatsiya qilishdi, lekin biz uni olti-sakkiz oyga yo‘qotdik. Biz uchun esa har bir futbolchi muhim.

Gadoyev ham — bu haqda intervyuda aytganman — uydagi o‘yinda juda kuchli zarba oldi. Farhod esa qattiq zaharlanib qoldi. Shuning uchun bugun taktik sxemani o‘zgartirishga majbur bo‘ldik. Bundan tashqari, bizda markaziy himoyachi ham safdan chiqdi. U uchlikda, chap oyoqli himoyachi sifatida o‘ynardi.
Og‘ir o‘yindan keyin uch nafar markaziy himoyachi bilan o‘ynash biz uchun juda qiyin. Bu sxemaga mos rotatsiya qilish uchun futbolchilarimiz yo‘q. Shuning uchun biz qo‘limizda bor futbolchilardan kelib chiqib harakat qilamiz. Bugun ham shu sababli mazkur sxemadan foydalandik», - deya Andrey Sergeyevichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Gazalkent Gazalkent
  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar