Live
14
O'zbek

«Inter» sobiq prezidenti: «2012 yili Messi uchun 500 mln yevro taklif qildim, ammo u xatni ochmadi ham»

Futbol
16 sentabr, 12:15
Moratti «Barselona» sobiq hujumchisi bilan bo‘lgan suhbatni aytib berdi.
«Inter» sobiq prezidenti: «2012 yili Messi uchun 500 mln yevro taklif qildim, ammo u xatni ochmadi ham»
Foto: Getty Images

«Inter»ning sobiq prezidenti Massimo Moratti 2012 yilda «Barselona» hujumchisi Lionel Messini sotib olishga uringani haqida gapirdi.

«2012 yilda men aqlbovar qilmas ishga qo‘l urdim: Messi uchun 500 million yevro taklif qildim. O‘sha paytda bu misli ko‘rilmagan narx edi. Muzokaralar olib borish uchun vitse-prezidentimni Barselonaga yubordim. Ammo Messi xatni hatto ochmadi va taklif haqida umuman bilmadi. U tafsilotlarga kirmasdanoq taklifni rad etdi, chunki o‘zini butun faoliyati davomida boshqa jamoaga sotilmaydigan futbolchi deb hisoblardi.

Messi bilan shaxsan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldim va u: «Menga bo‘lgan qiziqishingizni qadrlayman, ammo faoliyatimni «Barselona»da yakunlashni xohlayman», dedi. Uning oddiy so‘zlari shu edi. U «Barselona»da qolishni istardi. Men vaziyatni tushunardim, ammo uni pul bilan qiziqtirishga urindim — bu esa ish bermadi»
, — deya Morattining so‘zlarini keltiradi Sport.es.

Moratti va Messi
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Barcelona Barcelona
Bugungi yangiliklar