Biroq, tomonlar hech qayerga shoshilmayapti. Goal portalining Tuttosport’ga tayanib xabar berishicha, muzokaralar jarayonida Chalxono‘g‘lining tez-tez mushak jarohatlariga yo‘liqayotgani kabi masala ham ko‘tarilgan. Muzokaralarning navbatdagi bosqichida «neradzurri» hozirgi yillik 6,5 million yevrodan kamroq maosh bilan shartnoma taklif qiladi. «Milan» klubi «1+1» yoki shunchaki ikki yillik shartnoma taklif qiladi.
Amaldagi mehnat shartnomasi Hoqon Chalxono‘g‘lini 2026/2027-yilgi mavsum oxirigacha «Inter» bilan bog‘lab turadi.
Ma’lumot uchun, yarimhimoyachi Milan jamoasi safida 216 ta o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol urgan va 39 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq turkiyalik yarimhimoyachi milanliklarning A Seriya doirasidagi so‘nggi o‘yinida ishtirok etmagani haqida xabar bergandik.