«Barselona»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Ronald Kuman rafiqasi vafot etganini ma’lum qildi.
«Chuqur qayg‘u, ammo shu bilan birga ulkan faxr va muhabbat ila sevimli rafiqam bilan xayrlashamiz.
Bartina Kuman-Boddeveld. 1961-yil 30-yanvar — 2026-yil 15-sentabr. Kumanlar oilasi», — deb yozdi Niderlandiya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi oila a’zolari bilan birgalikda.
De Telegraaf nashri xabar berishicha, Bartina ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashgan. Unga 2010-yilda ushbu tashxis qo‘yilgan.
Ronald va Bartina 1985-yilda turmush qurgan. Ularning uch farzandi va besh nabirasi bor. Farzandlaridan biri — Eredivizi ligasidagi «Telstar» klubi darvozaboni kichik Ronald Kuman.
Kumanning 16 yil saratonga qarshi kurashgan rafiqasi vafot etdi
Futbol
16 sentabr, 07:31
4
«Barselona» klubi va Niderlandiya milliy jamoasi sobiq ustozi ayolining vafoti haqida ma’lum qildi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi