«Komo»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Leganes»da to‘p tepayotgan Alvaro Morata Fransesk Fabregas top-klubni boshqarishga tayyor ekanini aytdi.
«Fabregas bilan ko‘p suhbatlashdik. Menda qolish uchun vaziyat yo‘qdek tuyuldi. O‘tgan mavsumni yaxshi boshlagandim, ammo keyin jarohat oldim. Bu juda jiddiy edi, hech qachon bunday turdagi jarohat olmaganman.
U — ajoyib murabbiy. U «Komo»da istaganicha qolishiga shubha qilmayman. Menimcha, u jahon futbolidagi istalgan top-klubda ishlashga allaqachon to‘liq tayyor.
Fabregasni juda aqlli inson deb bilaman. U Konte va Mourinyodan, shuningdek, Gvardioladan ko‘p narsalarni o‘rgandi. Menimcha, Sesk u yoki bu tarzda ularning har biridan nimanidir o‘zlashtirgan. Uni faqat masofadan turib qo‘llab-quvvatlashim va har doimgidek, men uchun qilgan barcha ishlari uchun unga minnatdorchilik bildirishim mumkin», — deya Morataning so‘zlarini keltiradi Goal.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik mutaxassis boshqaruvidagi «Komo» o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra ilk bor YChLga yo‘l oldi. Jamoa bu mavsumda A Seriyada 4 o‘yinda 10 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egallab turibdi.