«Bolonya» iste’foga chiqarilgan Domeniko Tedeskoning o‘rniga yangi bosh murabbiyni tayinladi.
Italiyalik mutaxassisning o‘rnini avvalroq «Atalanta» va «Fiorentina»ni boshqargan Raffaele Palladino egalladi. U klub bilan 2029-yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Yoz boshida «Bolonya» bilan ikki yillik shartnoma tuzgan Tedesko boshchiligida jamoa A Seriyada atigi 4 ta o‘yin o‘tkazdi va biror marta ham g‘alaba qozona olmadi, faqat 1 ochko to‘pladi.
Emiliya-Romanya klubi ayni paytda chempionat jadvalida 20 jamoa orasida 18-o‘rinni egallab turibdi.
Palladino — «Bolonya» bosh murabbiyi
Futbol
16 sentabr, 06:30
Tedeskoning o‘rnini «Atalanta» sobiq ustozi egalladi.
Foto: Getty Images