PFL O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi bosqichlariga qur’a tashlash sanasini ma’lum qildi.
«Bugun, 16 sentabr kuni chorakfinalga yo‘llanma oladigan so‘nggi ikki klub nomiga aniqlik kiritiladi.

17 sentabrda esa O‘zbekiston kubogining chorak va yarimfinal juftliklari aniqlanadi. Jarayon 11:00 dan e’tiboran Liga rasmiy sahifalari orqali efirga uzatiladi.
Suratda musobaqa setkasi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, mos ketma-ketlikda va tartibi bo‘yicha chorakfinal juftliklari aniqlab olinadi. Yarimfinalda birinchi va uchinchi juftlik g‘oliblari hamda ikkinchi va to‘rtinchi juftlik g‘oliblari o‘zaro kurash olib boradi.
Ma’lumot uchun, Liga rejasiga ko‘ra chorakfinal bellashuvlari 20–21 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Yarimfinal va final bahslari esa markazlashtirilgan tartibda dekabr oyida o‘tkaziladi», — deyiladi xabarda.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi