«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Aston Villa»ga qarshi o‘yin oldidan jamoadagi jarohatlangan futbolchilar holati haqida fikr bildirdi.
«Bizda 4 nafar jarohatlangan futbolchi bor: Xavi Espart, Erik Garsiya, Andreas Kristensen va Jyul Kunde. Jarohat olgan himoyachilarimiz darajasini hisobga olsak, bu vaziyatni hal qilish oson emas.
Biroq Frenki de Yong jarohatidan keyin safga qaytib, ushbu pozitsiyada jamoaga yordam bera olishini aytgani men uchun ajoyib yangilik.
Brayan Farinyasga nisbatan ham xuddi shunday fikrdaman», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Aston Villa» o‘rtasidagi uchrashuv 3 noyabrdan 4 noyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Avvalroq Flik «ko‘k-anorranglilar» bilan 100-g‘alabasiga erishgani ma’lum qilingandi.