«Atletiko» «Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda North Bank Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli argentinalik futbolchi Madrid klubiga o‘tishga qat’iy qaror qilgan. Biroq «matraschilar» hozircha «Manchester Yunayted» bilan rasmiy muzokaralar olib bormagan.
Ma’lumot uchun, Martines ushbu mavsum barcha musobaqalarda 10 ta bahsda maydonga tushib, bitta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik himoyachining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi