«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan «Roma»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
«Patrik Dorgu umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarga qaytdi, ammo ertangi uchrashuvda maydonga tushmaydi. Bugun u birinchi marta jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi. Uning safga qaytgani quvonarli, ammo ertaga o‘ynamaydi. Hafta davomida tiklanish jarayoni qanday kechishini kuzatamiz. Lenida pay muammosi bor, ammo u jarohatidan sog‘ayish ustida ishlamoqda. Shou esa aniq o‘ynay olmaydi. U tiklanishga ulgurmaydi. Markusning holatini esa kunma-kun kuzatib, tiklanish jarayonini nazorat qilamiz», — deya Kerrikning so‘zlaridan keltiradi klub rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, «qizil iblislar»ning «Roma»ga qarshi bahsi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.