Live
6
O'zbek

«Real» Verbruggenni Kurtuaga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda

Futbol
2 noyabr, 11:16
«Brighton» Verbruggenning transfer qiymatini taxminan 40 million yevroga baholamoqda.
«Real» Verbruggenni Kurtuaga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda
Фото: Getty Images

«Real» klubi «Brighton» darvozaboni Bart Verbruggenga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Fernandes Santos xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» niderlandiyalik 24 yoshli darvozabonni Tibo Kurtuaning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ko‘rib chiqmoqda. Biroq bu transfer yaqin vaqt ichida amalga oshishi kutilmayapti. Sababi, «Real» hozircha «Brighton» bilan muzokara olib bormayapti.

Bundan tashqari, Ispaniya grandi yaqin vaqt ichida belgiyalik 34 yoshli kiper bilan shartnomani 2028 yilga qadar uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlanishicha, «Brighton» Verbruggenning transfer qiymatini taxminan 40 million yevroga baholamoqda.

Bu mavsumda Bart «chaykalar» safida barcha turnirlar doirasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol o‘tkazib yubordi va 10 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar