«Como»ning hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik 22 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi qishki transfer oynasidayoq Pasning transferi bo‘yicha «Como»ga yirik taklif bilan chiqishi mumkin.
Manchesterliklar Nikolasni jamoani tark etishi kutilayotgan Bruno Fernandeshga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Shuningdek, «Real» yarim himoyachini 80 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqiga ega ekani ta’kidlanmoqda.
Bu mavsumda Pas barcha turnirlar doirasida «Como» safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.