Live
2
O'zbek

«Men «PSJ» Chempionlar ligasida ketma-ket uchinchi marta g‘olib chiqishini istamayman» — Kroos

Futbol
28 oktabr, 06:00
«Real»ning sobiq yarimhimoyachisi parijliklarning navbatdagi chempionligiga qarshi ekanini aytdi.
«Men «PSJ» Chempionlar ligasida ketma-ket uchinchi marta g‘olib chiqishini istamayman» — Kroos
Foto: Getty Images
03.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Villarreal Villarreal - : - Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

Madridning «Real» klubi sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos «PSJ»ning Chempionlar ligasidagi ehtimoliy g‘alabasi haqida fikr bildirdi. Germaniyalik sobiq futbolchi Fransiya klubining ushbu turnirda ketma-ket uchinchi marta chempion bo‘lishini istamasligini ta’kidladi.

«Men «PSJ» Chempionlar ligasida ketma-ket uchinchi marta g‘olib chiqishini istamayman. Buning uchun o‘zimning muayyan sabablarim bor», — deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Chempionlar ligasida ketma-ket uchta sovrinni qo‘lga kiritgan so‘nggi jamoa «Real» hisoblanadi. Madridliklar 2016, 2017 va 2018-yillarda musobaqada g‘olib chiqqan.

«PSJ» esa avvalgi ikki mavsumda Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan. Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa ushbu mavsumda ham sovrin uchun kurashmoqda.

Ma’lumot uchun, «Real» 2016–2018-yillarda Zinedin Zidan boshqaruvida Chempionlar ligasida ketma-ket uch marta g‘olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» ushbu mavsumdagi umumiy bosqichning dastlabki uchta bahsida g‘alaba qozonib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Villarreal Villarreal
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar