Live
3
O'zbek

«Napoli» Allegrining 2 o‘yinlik diskvalifikatsiyasi yuzasidan apellyatsiya berdi

Futbol
28 oktabr, 06:37
Neapol klubi ustozi «Roma» bilan bahsda chetlatilgandi.
«Napoli» Allegrining 2 o‘yinlik diskvalifikatsiyasi yuzasidan apellyatsiya berdi
Foto: Getty Images

«Napoli» Massimiliano Allegrining diskvalifikatsiyasi ustidan apellyatsiya beradi.

Neapol klubining bosh murabbiyi A Seriya doirasidagi «Roma»ga (3:3) qarshi o‘yinning 89-daqiqasida raqib jamoa golining hisobga olinganidan norozi bo‘lgandi. Uning fikricha, gol urilishidan oldin Leonardo Balerdi Sem Bekemaga nisbatan qoida buzarlik qilgan. Bellashuv bosh hakami Andrea Kolombo neapolliklar murabbiyiga qizil kartochka ko‘rsatdi. Shundan so‘ng Allegri zaxira hakami bilan tortishib qoldi va pidjagini yechib, tribuna ostiga yo‘l oldi.

Shundan so‘ng Allegri A Seriyaning ikkita uchrashuviga diskvalifikatsiya qilingani va 10 000 yevro jarimaga tortilgani ma’lum bo‘ldi.

«Napoli» klubi bayonotida esa shunday deyiladi:

«Klub Massimiliano Allegriга nisbatan qo‘llanilgan ikki o‘yinlik diskvalifikatsiya ustidan apellyatsiya berishini ma’lum qiladi. Shuningdek, tegishli hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishni so‘raydi».

Agar qaror o‘zgarishsiz qolsa, Allegri «Monsa» va «Yuventus»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar