Lamin Yamal 20 yoshga to‘lmasdan «Oltin to‘p» ovoz berish natijalarida uch marta kuchli o‘nlikka kirgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi.
«Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasining 19 yoshli vingeri 2026 yili «Oltin to‘p» uchun 30 nafar nomzod qatoriga kiritilgandi. U yakunda Harri Keyn va Kilian Mbappedan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.
Taqqoslash uchun, 2025 yilda Yamal yakuniy reytingda ikkinchi o‘rindan joy olib, faqat g‘olib Usmon Dembelega yutqazgandi. 2024 yilda esa Lamin 8-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Vinger bu mavsumda La Ligada 10 ta o‘yinda 8 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yamal — 20 yoshga to‘lmasdan «Oltin to‘p» uchun kurashda uch marta top-10 ga kirgan birinchi futbolchi
Futbol
28 oktabr, 06:14
«Barselona» vingeri hozircha sovrinni yutolmagan bo‘lsa-da, o‘ziga xos rekord qayd etdi.
Foto: Getty Images