«Brayton» markaziy yarimhimoyachisi Yasin Ayari Londonning «Chelsi» klubi kuzatuvi ostida bo‘lib turibdi. Bu haqda TEAMtalk onlayn nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Ayarining «Brayton» bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. «Chelsi» esa mana shu vaziyatdan unumli foydalanib qolishni niyat qilgan. Biroq shvetsiyalik futbolchi xizmatlariga «Galatasaroy», «Fenerbahche», «Milan» va APLning bir nechta klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ta’kidlanishicha, «Brayton» 23 yoshli Ayarini o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi. O‘z navbatida klub futbolchisini taxminan 50 million yevroga baholamoqda.
Ushbu mavsumda Ayari barcha musobaqalarni inobatga olganda 12 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.