Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Niko Shlotterbek «Bavariya» forvardi Harri Keyn 2026-yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi qanachlik adolatdan bo‘ldi, degan savolga javob berdi.
— Ha, mutlaqo adolatli. U bu sovringa mutlaqo munosib, — deya Shlotterbek so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tdi. So‘rovnomada Keyn «Real» va Fransiya milliy jamoasi forvardi Kilian Mbappeni hamda Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» vingeri Lamin Yamalni ortda qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr, shanba kuni «Borussiya» Germaniya chempionati navbatdagi turi doirasida «Bavariya»ga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, 7 ta turdan keyin har ikki jamoa hisobida 17 tadan ochko mavjud va faqatgina qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tufayli «Bavariya» birinchi o‘rinni egallab turibdi.