«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi nufuzli klublardan biriga o‘tishni xohlayotganini tan oldi.
«Dunyoning eng yirik klublaridan biriga o‘tish uchun bor kuchimni ishga solaman. Ammo «Bornmut»da ekanman, muxlislar uchun va jamoaning yaxshi natijalarga erishishiga yordam berish uchun harakat qilishda davom etaman», - dedi fransiyalik hujumchi DAZN France telekanaliga bergan intervyusida.
Krupining qo‘shimcha qilishicha, agar o‘tgan yozda jarohat olmaganida, bu mavsumda «Bornmut»da qolmasligi ham mumkin bo‘lgan. O‘sha paytda Yevropaning ko‘plab klublari futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli fransiyalik jarohat tufayli mavsum startini o‘tkazib yubordi. U atigi bir necha kun oldin «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda (3:0) safga qaytdi.