«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganini oila a’zolari va do‘stlari bilan Londondagi klubda nishonladi. Daily Mail xabariga ko‘ra, tadbirda futbolchining yaqinlari hamda «Tottenhem»dagi sobiq jamoadoshlari ishtirok etgan.
Bazmga Keynning ota-onasi, akasi Charli va rafiqasi Keti tashrif buyurgan. Shuningdek, uning «Tottenhem»da birga o‘ynagan sobiq jamoadoshlari Erik Dayer, Ben Devis va Mett Doherti ham mehmonlar orasida bo‘lgan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Keyn spirtli ichimliklarni me’yorida iste’mol qilgan. Hujumchi shampanni oz miqdorda, qadah o‘rniga kichik ryumkadan ichish bilan cheklangan.
Ma’lumot uchun, Harri Keyn faoliyati davomida «Tottenhem» safida to‘p tepgan, hozir esa «Bavariya» sharafini himoya qilmoqda.