«Komo»ning hujumkor yarimhimoyachisi Nikolas Pas Italiyada yorqin o‘yinlari bilan e’tiborni tortishda davom etmoqda. Dushanba kuni 22 yoshli argentinalik futbolchi Sesk Fabregas boshqaruvidagi jamoaga «Torino» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonishda yordam berdi. U bahsda gol urishdan tashqari, sherigining goliga ham assistentlik qildi.
Pas ushbu mavsumda A Seriya va Chempionlar ligasi doirasida jami 11 ta bahsda maydonga tushib, beshta gol va oltita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, argentinalik futbolchining samaradorligi 11 ta o‘yinda 11 ta golli harakatni tashkil etmoqda.
Yarimhimoyachi avvalroq «Manchester Yunayted»ga qarshi 4:1 hisobidagi g‘alabada ham muhim rol o‘ynagan edi. O‘shanda u ikkita gol urib, yana bir golga assistentlik qilgan va jamoasining uchta golida bevosita ishtirok etgan.
Turli manbalar xabariga ko‘ra, «Real» kelasi yozda o‘z tarbiyalanuvchisini Madridga qaytarish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. «Komo» bilan kelishuvda ko‘rsatilgan tovon puli 80 million yevroni tashkil etadi.
Hozircha transfer bo‘yicha yakuniy qaror yoki rasmiy kelishuv haqida ma’lumot berilmagan. Shunga qaramay, Pasning samarali o‘yini uning kelajagi borasidagi muhokamalarni kuchaytirmoqda.
Eslatib o‘tamizm «Real» Pasni 2027-yil yozida qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ehtimoliy transfer qiymati 80 million yevro etib ko‘rsatilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi