«Manchester Yunayted» «Napoli»ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konteni Maykl Kerrikning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Corriere della Sera ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis potensial nomzodlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda.
Chempionatning 4 turidan so‘ng Kerrik shogirdlari atigi 4 ochko to‘pladi, bu esa bosh murabbiyga bosimni kuchaytirdi. Shu bilan birga, u yaqinda 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaganini ta’kidlash joiz.
Ma’lumot uchun, Konte may oyida «Napoli» bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilganidan so‘ng, hozircha ishsiz qolmoqda. Ma’lumki, 57 yoshli mutaxassis faqat yirik klub va o‘z ambitsiyalariga mos keladigan loyiha uchun ishga qaytishga rozi bo‘ladi.
O‘z navbatida, vaziyat «Yuventus»ga ham ta’sir qilishi mumkin, u yerda hozirgi bosh murabbiy Luchano Spalletti bosim ostida qolgan. Mutaxassisning Turin klubi bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan bo‘lib, rahbariyat shu hafta uni qo‘llab-quvvatlashini ochiqchasiga bildirdi. Shu bilan birga, muxlislarning bir qismi Kontening «keksa siniora» safiga qaytishini xohlaydi.