«Manchester Yunayted» sobiq sardori Roy Kin «Manchester Siti» forvardi Erling Holandning derbidagi goli haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Enso o‘yinga xalaqit qildi. «MYU» himoya chizig‘ini yaxshi ushlagani uchun jazolandi. Bunday pozitsiyada turib, o‘yinning borishiga ta’sir ko‘rsatasan. Sen jarima maydonining o‘rtasidasan va to‘p tomonga intilyapsan. Fernandes ofsaydda va to‘pga o‘ynashga harakat qilmoqda. «Yunayted» himoyada yaxshi o‘ynagani uchun jazolandi», - deya irlandiyalik sobiq futbolchi so‘zlaridan iqtibos keltirdi Sky Sports.
Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar» «shaharliklar»ga «Old Trafford»da o‘tgan bahsda kichik 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Ma’lumot uchun, APL musobaqa jadvalida «Manchester Siti» ikkinchi, «MYU» esa - 13-o‘rinni egallab turibdi.