Bugun
26
O'zbek

Mareska: “Chetlatish nafaqat bizning, raqibning ham rejalarini oʻzgartirib yubordi”

Futbol
14 sentabr, 00:58
    4
“Man Siti” ustozi derbidagi gʻalabadan soʻng shogirdlarini eʼtirof etdi.
Mareska: “Chetlatish nafaqat bizning, raqibning ham rejalarini oʻzgartirib yubordi”
Foto: Getty Images
13.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted 0 : 1 Manchester Siti Manchester Siti

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Enso Mareska APL 4-turidan oʻrin olgan “Manchester Yunayted”ga (1:0) qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Qanday xaos! Qizil kartochka rejalarimizni biroz oʻzgartirdi, ammo futbolchilarga tan berish kerak: ularning fidoyiligi va jangovor ruhi shunchaki ajoyib edi. 10 kishi boʻlib qolganimiz zahoti bu barcha futbolchilarga taʼsir qildi. Avvaliga maydon markazida son jihatdan ustunlik yaratishni xohlagandik, ammo 23-daqiqadan keyin vaziyat butunlay oʻzgardi.

Balki, bu qizil kartochkadir, ammo xuddi shu vaziyatda Brunu ham chetlatilishi mumkin edi. Nima boʻlgan boʻlsa, shu boʻldi.

Kartochka rejalarimizni oʻzgartirdi, ammo raqibning rejalariga ham taʼsir qildi. Ular qarshi hujumlarda nihoyatda kuchli. 10 kishi boʻlib qolganimizdan keyin ham ularga qarshi hujumlar uchun hech qanday imkoniyat bermadik. Taktik reja oʻz yoʻliga, ammo bugungi asosiy jihat futbolchilarning mehnati boʻldi. Ular juda yuqori darajada harakat qilishdi.

Bu — ajoyib holat. Oʻtgan yili «Chelsi” bilan “Manchester Yunayted”ga qarshi oʻyinda 3-daqiqadayoq 10 kishi boʻlib qolgandik. Umid qilamanki, keyingi safar oʻyinni toʻliq tarkibda yakunlaymiz.

Menimcha, bizning golimiz mutlaqo haqqoniy boʻldi. Zaxira hakami­dan soʻradim, u vaziyat tekshirilganini va hammasi joyida ekanini aytdi.

Donnarumma? U bizga aynan oʻyin oxiridagi shunday seyvlar uchun kerak. Uning bu yerda boʻlishining sababi ham shu. Klub uni sotib olishga qaror qilganining sababi ham shu, chunki u — fantastik darvozabon",
— deya italiyalik mutaxassisning soʻzlarini keltiradi NBO Sports.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar