Aleksandr Zverev US Open finalida Ben Sheltonni magʻlub etdi. Germaniyalik tennischi faoliyatidagi ikkinchi “Katta dubulgʻa” titulini qoʻlga kiritdi.
29 yoshli germaniyalik avvalroq u “Rolan Garros” chempioni boʻlgandi (finallardagi umumiy natijasi — 2:4).
Zverevgacha bir mavsumda dastlabki ikki “Katta dubulgʻa” titulini faqat uch nafar tennischi qoʻlga kiritgan: Jimmi Konnors 1974 yilda 21 yoshida, Gillermo Vilas 1977 yilda 25 yoshida va Yannik Sinner 2024 yilda 23 yoshida bu natijaga erishgan.
Faoliyatini davom ettirayotgan tennischilar orasida “Katta dubulgʻa” titullari soni boʻyicha Zverevdan oldinda faqat Novak Jokovich (24), Karlos Alkaras (7), Yannik Sinner (5) va Sten Vavrinka (3) bor.
Zverev uchun bu mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi esa 26-titul boʻldi.
US Open
Nyu-York, AQSH
30 avgust — 13 sentyabr 2026 yil
“Katta dubulgʻa” turniri
Mukofot jamgʻarmasi — 108 000 000 dollar
Ochiq kortlar, hard
Final
Aleksandr Zverev (Germaniya) — Ben Shelton (AQSH) — 6:3, 7:6, 5:7, 6:2
Eslatib oʻtamiz, ushbu turnirda ayollar oʻrtasida Yelena Ribakina chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Aleksandr Zverev — US Open chempioni
Tennis
13 sentabr, 23:25
10+
Germaniyalik tennischi avvalroq “Rolan Garros”da ham chempion boʻlgandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi