Xorvatiyalik yarimhimoyachi Marselo Brozovich “As Sadd” futbolchisiga aylandi. Bu haqda Qatar klubi matbuot xizmati xabar berdi.
33 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2027 yil yoziga qadar amal qiladi. Brozovich Qatar klubiga erkin agent sifatida qoʻshildi. Uning soʻnggi klubi Saudiya Arabistonining “An Nasr” jamoasi edi. U oʻtgan mavsumda riyodliklar bilan mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan.
Brozovich 2015 yildan 2023 yilgacha toʻp tepgan “Inter” klubi safida oʻynab, Italiya chempioni boʻlgan, mamlakat kubogi va superkubonida ikki martadan gʻolib chiqqan. Shuningdek, 2022/23 mavsumda Chempionlar ligasi finaligacha yetib borgan.
Yarimhimoyachi Xorvatiya milliy jamoasi tarkibida 2018 yil Rossiyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medal, 2022 yil Qatardagi mundialda esa bronza medal sohibi boʻlgan.
Brozovich — “As Sadd” futbolchisi
Futbol
14 sentabr, 00:13
“An Nasr” bilan xayrlashgan xorvatiyalik yarimhimoyachi Qatar klubiga oʻtdi.
Foto: Al Sadd
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi