Bugun
26
O'zbek

Hojimirzayev “Dinamo” mashgʻulotlariga qoʻshildi, Hoshimov esa oktyabrda safga qaytadi

Futbol
14 sentabr, 00:35
Samarqandliklar toʻpurari individual mashgʻulotlarga kirishdi.
Hojimirzayev “Dinamo” mashgʻulotlariga qoʻshildi, Hoshimov esa oktyabrda safga qaytadi
Foto: Dinamo PFC

“Dinamo” jamoasi Superliga 22-turining markaziy oʻyinida 17 sentyabr kuni Namanganda “Navbahor” mehmoni boʻladi.

Klub matbuot xizmati yozishicha, Vadim Abramov shogirdlari vodiydagi oʻyinga Toshkentda tayyorgarlik koʻrmoqda va jarohatlanganlar tiklanmoqda.

“Jarohati qaytalangani sababli bir oydan koʻproq vaqt davomida jamoamizga yordam bera olmayotgan Anvarjon Hojimirzayev poytaxtdagi yigʻinda mashgʻulotga qoʻshildi. «Dinamo” toʻpurari hozircha yakka tartibda mashgʻulot oʻtkazmoqda.

Klub bosh shifokori Izzat Abduvohidovning maʼlum qilishicha, jarohati sabab maydonga tusha olmayotgan yosh yarimhimoyachi Abdulahad Hoshimov oktyabr oyidan mashgʻulotga kirishadi",
— deb yozadi samarqandliklar matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun, “Dinamo” Superligada 21 oʻyinda 30 ochko toʻplab, 9-oʻrinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar