Erling Holand Manchester derbisi tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatini boshqarib turibdi.
“Manchester Siti” hujumchisi Angliya chempionatining 4-turida “Manchester Yunayted”ga qarshi oʻyinda gʻalaba toʻpini kiritdi — 1:0. Bu norvegiyalik futbolchining “shaharliklar” safida hamshahar klub darvozasiga urgan 9-goli boʻldi.
Holand “MYU”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi va “Siti”ning sobiq forvardi Serxio Aguerodan oʻzib ketdi. Ularning hisobida Manchester derbisida 8 tadan gol bor.
Erik Kantona va Fil Foden esa derbida 7 tadan gol urgan.
Holand Manchester derbisining eng yaxshi toʻpurariga aylandi
Futbol
13 sentabr, 15:43
Norvegiyalik forvard Runi va Agueroni ortda qoldirib, mutlaq yetakchiga aylandi.
Foto: Getty Images
13.09.2026
FT
Angliya Premer-ligasi
Manchester Yunayted
0
:
1
Manchester Siti