Live
23
O'zbek

«Chelsi» va «MYU» «Barselona» xavbekini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
12 sentabr, 10:14
Mark Bernal Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
«Chelsi» va «MYU» «Barselona» xavbekini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Foto: Gettyimages

Kataloniyaning «Barselona» klubi 19 yoshli yarimhimoyachisi Mark Bernal Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda GiveMeSport xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi xizmatlariga APLning bir yo‘la ikki yirik klubi — «Chelsi» va «Manchester Yunayted» qiziqib qolgan. Biroq aynan «Chelsi» Bernalning ehtimoliy yangi jamoasi bo‘lish uchun favorit sanalmoqda. London klubida «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisini «Manchester Siti»ga o‘tib ketgan Enso Fernandesga o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda.

Ushbu mavsumda Bernal barcha musobaqalarni inobatga olganda 5 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta gol ura olmadi. O‘z navbatida futbolchi 1 marta sherigiga golli uzatma yetkazib berishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar