Mutaxassisning fikricha, «Liverpul» Arauxoni nafaqat markaziy himoyada, balki o‘ng qanotda o‘ynashi uchun ham ijaraga olgan. Uning ta’kidlashicha, «qizillar»ning himoya qanotida muayyan qiyinchiliklar bor.
«Arauxo atigi ikki o‘yindayoq deyarli afsonaviy shaxsga aylandi. Muxlislar uni darhol yaxshi ko‘rib qolishdi. Balki «Barselona»da uning ketganidan xursand bo‘lishgandir, biroq «Liverpul» ishqibozlari uni quchoq ochib kutib olishdi. Va bu unga yoqayotganga o‘xshaydi. Qahramonlar ana shunday yaraladi — muxlislar bilan munosabatlar orqali», — dedi Karrager talkSPORT efirida.
Arauxo «Liverpul» libosida barcha musobaqalar doirasida 4 ta bellashguvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi