Live
14
O'zbek

Ben Shelton 2009-yildan beri bunday natija erishgan ilk tennischiga aylandi

Tennis
12 sentabr, 11:08
Avvalroq Shelton US Open-2026 yarimfinalida hamyurti Frensis Tiafoni mag‘lub etgandi.
Ben Shelton 2009-yildan beri bunday natija erishgan ilk tennischiga aylandi
Foto: Gettyimages

Dunyoning to‘qqizinchi raketkasi, amerikalik tennischi Ben Shelton 2009-yildan beri «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnir finaliga chiqqan eng yosh, yevropalik bo‘lmagan, tennischiga aylandi, deb xabar bermoqda Opta Ace.

Avvalroq Shelton US Open-2026 yarimfinalida hamyurti Frensis Tiafoni 4:6, 6:3, 6:3, 7:5 hisobida mag‘lub etgan edi.

Ma’lumot uchun, Shelton 23 yoshida ilk bor «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnir final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bunday natijaga so‘nggi bor 2009 yilgi US Open finalida ishtirok etgan argentinalik Xuan-Martin del Potro erishgan edi. Bundan tashqari, Shelton 2006-yildan beri «Katta dubulg‘a» turnirlarining finaliga chiqqan eng yosh amerikalik sportchiga aylandi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Uimbldon finalida ishtirok etgan Endi Roddikni ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, US Open-2026 chempionligi uchun Ben germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev (reytingning 2-raqamli tennischisi) bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 13-sentyabrga belgilangan.

Bugungi yangiliklar