Marokash futbol federatsiyasi rahbari Fauzi Lekja 2030 yilgi jahon chempionatining hal qiluvchi o‘yini qayerda o‘tkazilishi kerakligini aytdi.
Lekjaning aytishicha, final bahsi hozirda qurilish davom etayotgan va 115 ming muxlisni sig‘dira oladigan ulkan stadion qabul qiladi.
«JCH-2030 finalini qabul qilishdek sharaf aynan Bensliman provinsiyasiga beriladi degan umiddaman. Kelgusida hukumat tarkibidan joy oladigan har qanday rahbar oldida faqat bir yo‘l qoladi. Ya’ni, o‘sha hududni jadval rivojlantirishimiz kerak», - dedi Lekja.
115 ming o‘ringa mo‘ljallangan mazkur ob’yekt qurib bitkazilgach, dunyodagi eng yirik futbol stadioniga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, JCH—2030 bahslarining asosiy qismiga Marokash, Portugaliya va Ispaniya mezbonlik qiladi. Dastlabki mundialning 100 yilligi munosabati bilan musobaqaning uchta o‘yini Janubiy Amerikada — Paragvay, Urugvay va Argentinada bo‘lib o‘tadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi