Belaruslik tennischining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Jeyson Steysi US Open final bellashuvi oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 12 sentyabr kuni Arina bosh sovrin uchun Qozog‘iston vakilasi Yelenoy Ribakina bilan bellashadi.
«Men shunday degan bo‘lardim — hech kimni xafa qilmoqchi emasman, — bu uning uyi, qolgan barcha qizlar esa bu yerda shunaki mehmon va ular endi uylariga yo‘l olishi mumkin. U o‘zining vazifasi o‘yin tempini belgilash, o‘z strategiyasiga sodiq qolish va to‘rning narigi tomonidagi raqib darajasiga tushib ketmaslik, unga moslashmaslik, balki shunchaki o‘z ishini bajarish ekanligini tushunib kortga chiqadi - tamom.
Yaxshi sport formasida Arina mana shunday harakat qiladi. U o‘z-o‘zi bilan ichki aloqa va uyg‘unlikka erishgan lahzani ilg‘ay oladi. U kortda mana shunday harakat qilsa, boshqalarda muammolar paydo bo‘la boshlaydi», – dedi Steysi matbuot anjumanida.