Live
12
O'zbek

«Barselona» Italiya milliy jamoasi himoyachisi vakillari bilan ikkita uchrashuv o‘tkazdi

Futbol
12 sentabr, 13:03
Italiyalik Federiko Dimarko faoliyatini Kataloniya klubi safida davom ettirishi mumkin.
«Barselona» Italiya milliy jamoasi himoyachisi vakillari bilan ikkita uchrashuv o‘tkazdi
Foto: Gettyimages

Italiyaning «Inter» klubi himoyachisi Federiko Dimarko Kataloniyaning «Barselona» klubining keyingi yil uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Transfer News Live xabar berdi.

«Ko‘k-anorranglilar» futbolchi agentlari bilan 2 bor uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar 2027-yildagi ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilganligi aytilmoqda. «Barsa» Dimarkoni jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Alexandro Balde o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli italiyalik futbolchi 2018-yilidan buyon Milan grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Federikoning «neradzurri» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yozida nihoyasiga yetadi. Himoyachining transfer narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar