Live
15
O'zbek

Amorim Ramush manziliga bo‘layotgan tanqidlarga javob berdi

Futbol
12 sentabr, 13:16
«Milan» klubi ustozi hamyurtining o‘yini haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Amorim Ramush manziliga bo‘layotgan tanqidlarga javob berdi
Foto: Gettyimages

«Milan» klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning yangi a’zosi – portugaliyalik forvard Gonsalu Ramush manziliga bo‘layotgan tanqidlarga munosabat bildirib o‘tdi.

«Turinning «Yuventus» klubiga qarshi butun jamoa omadsiz o‘yin o‘tkazdi. Gap faqat Gonsaluda emas. To‘p unga yetib borgan pallalarda jamoadoshlari bilan o‘zaro tushunishdagi muammolar sezilib qoldi. Shunday bo‘lsa-da undan avvalgi o‘yinlarda u yaxshi o‘ynagandi. Biz «Torino» va «Venetsiya»ga bellashuvlarda ko‘rganimiz kabi u o‘zining eng yaxshi futbolini ko‘rsatishga tayyor», - deya murabbiy so‘zlaridan iqtibos keltirdi Pazzi di Fanta.

Eslatib o‘tamiz, Ramush shu yil yozda Fransiyaning «PSJ» klubi safidan «Milan»ga ko‘chib o‘tdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar