Italiya chempionatining 4-turida «Lasio» Rimda «Milan»ni qabul qildi. Bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Birinchi bo‘limda «burgutlar» Kanchelleri va Noslinning gollari evaziga hisobda oldinda borayotgandi.
Tanaffusdan keyin «rossoneri» Moreyraning dubli evaziga muvozanatn tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Bu natijadan so‘ng «Lasio» 10 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Milan» esa 8 ochko to‘plab, 4-pog‘onada.
A Seriya. 4-tur
Lasio — Milan 2:2
Gollar: Kanchelleri 10, Noslin 39 – Moreyra 65, 67.
Lasio – Mandas, Floriani (Lassari, 84), Shutalo, Provstgar, Tavaresh, Frattezi, Belaxyane, Kanchelleri (Isaksen, 58), Teylor (Gudmundsson, 74), Noslin (Pinamonti, 58), Zakkani.
Milan – Menyan, Xila, de Vinter, Pavlovich, Chukvueze, Modrich (Musa, 46), Rabio, Loftus-Chik (Pulishich, 46), Estupinyan (Moreyra, 46), Sisse (Xatchinson, 77), Ramush (Kamarda, 85).
Ogohlantirishlar: Belaxyane 63, Zakkani 78 – Pulishich 59, Pavlovich 64, Xila 86.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi